📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Mamlakat Abduvaliyeva Bunyodkor mahallasida aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurdi.
❗️Tashrif davomida fuqarolarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda kundalik hayotida uchrayotgan muammolar o‘rganildi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
🤝 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish va ularning muammolariga yechim topishdan iborat.