35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA TOM QISMLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 14-"Janubiy Surxon" saylov okrugidan saylangan deputat D.Shaimqulova hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Amanov okrug hududidagi Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
O‘rganishlar davomida ichki ko‘chalarni obodonlashtirish, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, ko‘kalamzorlashtirish, eski devorlarni buzib, o‘rniga yangi devorlar qurish kabi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Obod va fayzli mahalla — yurt taraqqiyoti, aholi farovonligi hamda birdamligining muhim asosidir.

Slide 1 of 3