35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA TOM QISMLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
“Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA AMALIY YECHIM MARKAZIDA
янв.21
“Xislat” mahallasida hududlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
“Universitet” mahallasida aholi murojaati amaliy yechim topmoqda
янв.21
“XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“ACHAOBOD” MAHALLASIDA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
#24_ta_masala #Deputat_faoliyati #Saylovchilar_bilan_uchrashuv

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-Mingchinor saylov okrugidan saylangan deputat A.Turdiyev
tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
 

Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda xotin-qizlar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, bandlik, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda saylovchilar murojaatlari bilan ishlash tizimi haqida ma’lumot berildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolarini joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim
yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 7