O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari T.To‘rayevning hisoboti to‘g‘risida o‘rganish ishlari olib boriladi.
O‘rganish sessiya oldidan belgilangan ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishchi guruh tarkibi:
O'tayev Qurbon – Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi kotibiyat mudiri;
Egamberdiyev Alisher – Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
Absatova Go'zal – Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi;
Nazarov Eshqul – Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi;
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari T.To‘rayevning hisoboti to‘g‘risida joyiga chiqib tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan xulosa va takliflar Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdagi 31-sessiyasida ko‘rib chiqiladi.