Yunusobod tumanida tarixiy va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning asl qiyofasini saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
📋O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son va 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorlari tarixiy obidalarni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
⚖️Mazkur hujjatlarga muvofiq, madaniy meros obyektlari davlat muhofazasida bo‘lib, ularga zarar yetkazish, ruxsatsiz qurilish yoki boshqa noqonuniy faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi. Qonun talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
🤝Tarixiy va madaniy merosni asrash – nafaqat davlat organlari, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchidir. Ularni avaylash va kelajak avlodlarga butun holda yetkazish barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
Bizni kuzatishda davom eting!