Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
📌 2026-yil 29-iyul kuni Kengashlar uyi binosida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Sessiyani viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.
✍️Sessiyada viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimi, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
➡️ Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔘Samarqand viloyati hokimi A.M.Boboyevning joriy yilning I yarim yillik yakunlari boʻyicha Samarqand viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
🔘 Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasining muhokamasi haqida.
🔘 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil
18 martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-111-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Prokurori M.Eshnazarovning 2026 yilning II chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.
🔘Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi T.Aripovning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida.
🔘Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi B.Nigmanovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli Qarori ijrosi yuzasidan hisoboti haqida.
🔘Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida.
🔘“Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish” loyiha konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida.
🔘 Samarqand viloyatida 2025-yil 2-bosqichda va 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarning manzilli dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va tender yakunlariga koʻra aniqlashtirilgan parametrlarini tasdiqlash hamda iqtisod qilingan mablagʻlarga qoʻshimcha yangi loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash toʻgʻrisida.
🔘 Viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida.
🔘Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash muddatini kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) toʻgʻrisida.
🔘“10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish uchun” loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida.
🤝 Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlar hududni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyalarni jalb etish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.