35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
CHUQURSOY MFY HUDUDIDA TA’MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Shifokorlar” MFY hududida zamonaviy bolalar maydonchasi va sport majmualari barpo etilmoqda
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish, sanitariya va qonuniylik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ ELEKTR TAQSIMLAGICHLARI YANGILANDI — HOLAT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
Deputat Abdumannop Abdukayumov mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
“TABASSUM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT
Deputat axboroti

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati K.Karimov “Beltepa” mahalla fuqarolar yigʻinida saylovchilar bilan ochiq muloqot shaklida navbatdagi uchrashuv oʻtkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda hududda oʻz yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan axborot berdi.
Hisobot davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragida Xalq deputatlari tuman Kengashining 5 ta sessiyasi hamda 6 ta doimiy komissiya yigʻilishida faol ishtirok etgani, ularda hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoya va mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan masalalar yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini bildirgani, shuningdek saylov okrugidagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 dan ortiq manzarali hamda 400 ga yaqin mevali daraxt koʻchatlari ekilgani qayd etildi.
Aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash maqsadida deputat tomonidan chorak davomida 5 marotaba sayyor qabul, 4 ta uchrashuv hamda 3 ta ochiq muloqot tashkil etilib, ularda 100 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot qilinди. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 40 tasi ijobiy hal etilib, 15 tasi yuzasidan tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, shuningdek 30 nafar band boʻlmagan fuqaroning bandligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.
Hududdagi suv taʼminoti, obodonlashtirish hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga oid muammolarni bartaraf etish maqsadida 1 ta deputatlik soʻrovi Toshkent shahar va tuman darajasidagi tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Hisobotda mahallalarda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar ham alohida qayd etildi: jumladan, 80 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro bilan manzilli ishlab, shuningdek 30 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash doirasida chorak davomida okrug hududida 3 ta koʻp qavatli uyga lift oʻrnatildi, 20 ta yoʻlak taʼmirlandi, 2 ta transformator almashtirildi hamda 1,5 kilometr elektr kabeli tortildi hamda 65 metr suv tarmoqlari ta'mirlandi. Mazkur ishlar hudud aholisiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga qaratilgani ишлар samaradorligiни muntazam oʻrganib borilayotgani bildirildi.
Yigʻilish yakunida saylovchilarning taklif va murojaatlari eʼtiborga olinib, ularni amalga oshirish borasida masʼul tuzilmalar bilan hamkorlikda aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2