Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova tomonidan Elbek MFYda o‘rganish olib borildi.
Mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud holat, aholi murojaatlari bilan ishlash, xonadonbay o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida mahallada aniqlanayotgan muammolar, ularning yechimlari hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda hududdagi masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.