35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Davlat xizmatlari sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar deputatlik nazoratida
янв.21
Haftalik reja asosida "Yoshlik" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi hamda mahalla yettiligining olti oylik faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Olmazor tumanida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan strategik islohotlar muhokama qilindi
янв.21
Olmazor tumanida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 6 oylik ijro natijalari deputatlar muhokamasida
янв.21
Olmazor tumanida Xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha 6 oylik natijalar muhokama qilindi
янв.21
Olmazor tumanida Xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Senat qo‘mitasi raisi ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan "Ahil" mahallasida aniqlangan muammolar bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva II chorak yakunlari bo‘yicha deputat saylovchilar oldida axborot berdi
PARCHAQARA MFY O‘QUYLAR KO‘CHASIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nodir Dusmurodov tomonidan Parchaqara mahalla fuqarolar yig‘ini O‘quylar ko‘chasi aholisi tomonidan bildirilgan murojaat o‘rganildi.

Fuqarolar tomonidan ichki yo‘lning og‘ir ahvolga kelgani, yog‘ingarchilik mavsumida transport vositalari va piyodalar harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum qilingan.

Deputat tomonidan hududga chiqib o‘rganish ishlari olib borilib, O‘quylar ko‘chasining ichki yo‘li ta’mirtalab holatda ekani, yo‘l qoplamasi eskirgani hamda asfalt qoplamasi mavjud emasligi aniqlandi.

Aniqlangan muammo yuzasidan Parchaqara MFY O‘quylar ko‘chasining ichki yo‘lini asfaltlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1