35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda
янв.21
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputatlar ishtirokida sayyor qabul hamda mahalla "yettiligi"ning II chorak faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Kengash_faoliyati

Bandixonda yana bir yangilik: 13 km yo’lga asfalt yotqizish ishlari boshlandi

Bandixon tumanida mahalliy ahamiyatdagi 75V089-sonli “Oybek q. – Bandixon Shreder ilmiy-tadqiqot xo‘jaligi” avtomobil yo‘lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog‘ va Qaldirg‘och mahallalari hududidan o‘tuvchi 13 kilometr yo’lning boshlanish qismida asfaltlash ishlariga start berildi.

Mazkur yo‘lning yangilanishi minglab yurtdoshlarimizning kundalik qatnovini yengillashtirib, mahallalar o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada qulay va xavfsiz qiladi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati ,tuman hokimi Abdumalik Allamuradov asfaltlash ishlari jarayonini joyiga chiqib o‘rgandi. Mas’ullarga yo‘l qurilishida sifat talablariga qat’iy rioya qilish, ishlarni belgilangan muddatlarda va puxta amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

📍Bugun asfalt yotqizilayotgan yo‘l — ertaga minglab insonlar uchun qulaylik, xavfsizlik va farovonlik yo‘liga aylanadi!

Slide 1 of 10