Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Oxshix” mahallasida aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan bandlik dasturlarining ijrosi va fuqarolarning bu boradagi murojaatlari tahlil qilindi.
🔹Deputat tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, aholi bandligini oshirishga qaratilgan manzilli ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan fuqarolar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.