35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan "Ahil" mahallasida aniqlangan muammolar bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva II chorak yakunlari bo‘yicha deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Ijtimoiy himoya va gʻamxoʻrlik – deputatlar nazoratida
янв.21
🌿 Obod mahalla – amaliy ishlar va jamoatchilik nazoratida
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Olcha ko‘chasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI
Inomjon Majidov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Majidov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Yashnobod tumanidagi Dilbog‘ mahallasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 48–Behizor saylov okrugidan saylangan deputati Inomjon Majidovning 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan saylovchilar oldida ochiq muloqot va axborot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Dilbog‘, Parvoz, Donishmand hamda okrug hududidagi boshqa mahallalarning "yettilik" vakillari, faollar va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuvda deputat ikkinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, deputatlik nazorati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va saylov okrugida olib borilgan faoliyat yuzasidan batafsil axborot berdi.

📁 Hisobot davrida deputat saylov okrugi hududidagi mahallalarda 2 marotaba uchrashuv o‘tkazib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi hamda ularning yechimi nazoratga olindi.

🔎 Shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan 3 ta murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi. Jumladan, yer-kadastr masalalari, ijtimoiy yordam hamda mahalla hududidagi obodonlashtirish bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

📝 Deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosi, aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishga oid masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdi.

📉 Shuningdek, 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida qatnashib, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalarda faol ishtirok etdi.

🗣 Faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2 marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot va chiqishlar e’lon qilinib, keng jamoatchilikka yetkazildi.

💡 Uchrashuv davomida deputat mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlik nazoratining ahamiyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda "E-Kengash" platformasi orqali elektron murojaat yuborish imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berdi.

📋 Mazkur yig‘ilishda Yashnobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdilar hamda ishtirokchilarning savollariga javob qaytardilar.

🤝 Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar deputatlik nazoratiga olinishi, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi yuzasidan tizimli nazorat olib borilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5