#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A. Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasida mahalla bankiri faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada iqtisodiy faollikni oshirish, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, imtiyozli kreditlar ajratish hamda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mavjud muammo va takliflar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|