XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI
⚡️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.
➡️O‘rganish ishlari avvalida ishtirokchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar, ish jarayonida alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlar hamda o‘rganishni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔘Jarayon davomida kotibiyat faoliyatini yuritish, Kengash sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, hujjatlar bilan ishlash, deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda nazorat tadbirlarini tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.
✅O'rganish davomida doimiy komissiyalar va deputatlar faoliyatiga oid hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishi, ish rejalari hamda hisobotlarning holati yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
✅Mazkur o‘rganish natijalari asosida Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.