Deputat saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi muammolarni o‘rgandi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Guljahon Mustafoyeva tomonidan saylov okrugi hududidagi "Balxiyon" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
➡️ Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning murojaat va takliflari atroflicha muhokama qilindi.
🔘 Xususan, mahallada ichimlik suvi ta’minoti hamda eskirib, yaroqsiz holga kelgan elektr simtayanchlarini yangilash masalalari ko‘tarildi. Mazkur muammolarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.
✍️ Shuningdek, uchrashuv davomida "Balxiyon" mahallasi "yetti"ligining faoliyati ham o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
👍Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va mas’ul tashkilotlar oldida aniq masalalarni ko‘tarish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bunday uchrashuvlar hududlarni rivojlantirish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.