💡Xususan, O‘zbekiston Respublikasining "Elektr energetikasi to‘g‘risida"gi 939-sonli qonuniga muvofiq mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida eskirgan kabel tarmoqlarini yangi kabellar bilan almashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar hududdagi elektr ta’minoti sifati va ishonchliligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
📝Shuningdek, mahalla aholisining murojaat va takliflari hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yo‘ldosh tashabbusi asosida hududdagi piyodalar yo‘lagi yangi asfalt qoplamasi bilan ta’mirlandi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududlarda qulay infratuzilmani yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!