#deputatlik_faoliyati
📊2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musayeva Dilnoza tomonidan 2026-yilning yanvar–iyun oylarida saylovchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.
📌6 oylik faoliyat ko‘rsatkichlari:
📝Deputatlik so‘rovlari – 1 ta
Saylovchilar murojaatlari va joylardagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
🏛Sessiyalarda ishtiroki – 9 ta
Xalq deputatlari yunusobod tumani Kengashi sessiyalarida faol qatnashib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi manfaatlariga oid masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
📱Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari – 32 marta
Deputatlik faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlar, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borildi.