Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat saylovchilarga axborot berdi
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzodi ilgari surilib, 14-“Iskandar” saylov okrugi deputati Kamalov Baxtiyor Tulaganovich 2026-yilning ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilariga axborot berdi.

Yig‘ilishda Kengash raisi O.Babayev, Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov, tuman hokimligi bosh mutaxassisi F.Yuldashev, “mahalla yettiligi” a’zolari va “Barraj” mahallasi aholi vakillari ishtirok etdilar.

⬇️Yig‘ilishni Kengash raisi O.Babayev ochib,
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari mazmun mohiyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Davlat Rahbari belgilab bergan “Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim” tamoyili asosida vakillik organi va ijro hokimiyati hamkorligida olib borilayotgan ishlar haqida keng ommani xabardor qildi.

⬇️Yig‘ilishni Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov olib borib,
tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va aholining hayotiy muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni, Kengash qarori asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi “Og‘ir toifadagi mahallalar”, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”, “Chegaraoldi hududlardagi mahallalar”, “Zarbdor tajribasi”, “2026-2028-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi va yig‘ilish kun tartibining birinchi masalasi bo‘yicha so‘zni deputat B.Kamalovga berdi.

✅Deputat B.Kamalov o‘z hisobotida o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar, muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, yuborilgan deputat so‘rovlari va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Shu bilan birga, kelgusiga mo‘ljallagan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

✅Yig‘ilish kun tartibining ikkinchi masalasi bo‘yicha tuman hokimligi bosh mutaxassisi F.Yuldashev so‘zga chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining hamkorlikda olib borayotgan ishlar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Slide 1 of 6