Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-apreldagi VII-24-90-14-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, 4-"Nodirabegim" saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Azamat", "Ahillik" va "Munavvarqori" mahallalari saylovchilari bilan ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla raislari, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Tadbir davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etgani, sessiyalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlar va yoshlar masalalari, kommunal infratuzilmani rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashib, tegishli taklif va mulohazalar bildirganini qayd etdi. Shuningdek, doimiy komissiyalar faoliyati doirasida Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarni atroflicha ko‘rib chiqish va navbatdagi sessiyalarga sifatli tayyorlash ishlarida faol ishtirok etgani ta’kidlandi.

📊 Shuningdek, saylov okrugida chorak davomida 26 marotaba turli tadbirlar, 20 marotaba saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, 55 nafar fuqaro qabul qilindi hamda ularning murojaatlari yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Deputat tomonidan aholi bilan muntazam muloqot olib borilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🏥 Uchrashuvda aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida tor mutaxassis shifokorlar ishtirokida tashkil etilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 286 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani qayd etildi. Shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🔎 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bolalar maydonchasini barpo etish, mahallalarda sanitariya holatini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda boshqa dolzarb masalalar ko‘tarildi. Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ijrosini deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha choralar belgilandi.

✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish hamda ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10