Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Kotibiyat mudiri, deputat Q.O'tayev “Do'stlik” mahallasidagi 22-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va hayajonga boy lahzalar ostida o‘tdi.
Bayram davomida bitiruvchi yoshlarning bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning kelgusidagi maqsad va intilishlariga omad tilandi. Tadbirda ustozlar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.
Shuningdek, deputat Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etdi. U yoshlarga kelgusida Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shadigan yetuk va bilimli insonlar bo‘lib kamol topishlarini tiladi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Slide 1 of 3