Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – Kotibiyat mudiri X. Sultonov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi P. Rahmanov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi “Veterinariya to‘g‘risida”gi 397-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan masalani joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida tuman Veterinariya va chorvachilik bo‘limida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aholi xonadonlaridagi chorva mollari va uy hayvonlariga ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari sifati baholandi.
Mazkur masala doimiy komissiya xulosasi asosida navbatdagi sessiyada deputatlar muhokamasiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilinishi belgilandi. 🏛️