Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
Xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatlarida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatlarida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tumanlari Kengashlari kotibiyatlarida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda kotibiyat xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, kadrlar siyosatini samarali tashkil etish, mehnat munosabatlarini qonunchilik asosida yuritish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📝 O‘rganish davomida kotibiyatlarda kadrlar hujjatlarini yuritish, xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini shakllantirish, mehnat shartnomalari va buyruqlarni qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, lavozim yo‘riqnomalarini yuritish, vakant lavozimlar bilan ishlash, davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish, shuningdek deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari hamda nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini monitoring qilish, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni muvofiqlashtirish hamda ijro intizomiga rioya etilishi holati atroflicha tahlil qilindi.

💡 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, sessiyalar va doimiy komissiyalarni qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash va o‘tkazish, kun tartibini shakllantirish, qaror loyihalarini sifatli ishlab chiqish va rasmiylashtirish, davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish, xizmat intizomi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔎 Xususan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, **"Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"**ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, sessiya materiallarining sifatli tayyorlanishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish, kadrlar hujjatlarini raqamlashtirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10