Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
#deputatlik_faoliyati

♿️ #Nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Nurafshon shahrida inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy adolatni ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratiga olingan. Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev hamda deputat D.Safarova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish markazida quyidagi masalalar bo‘ldi:
🔹 Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri va manzilli qo‘llanilishi holati;
🔹 Reabilitatsiya vositalari (nogironlik arabachalari, eshitish moslamalari va b.) bilan ta’minlash darajasi;
🔹 Markaz xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-huquqiy yordamning samaradorligi.

O‘rganish davomida markazga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va byurokratiyani kamaytirish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4