Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Qorasuv mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 14 yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kosonsoy tumanining Qorasuv mahallasida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi.

📥 O‘rganishlarda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat Kengashi deputati H. Qudratova, Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva hamda tuman Kengashi deputati Z. Nuriddinov ishtirok etdi.

📥 Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, fuqarolar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📥 O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” faoliyati ham atroflicha tahlil qilinib, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududlarni obodonlashtirish yo‘nalishlaridagi ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 6