Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
Tizimli nazorat va monitoring zarur

Tizimli nazorat va monitoring zarur

26-iyun kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi, o‘ttiz ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Kengash raisi Sh.Negmatov boshqargan sessiyada deputatlar, kun tartibidagi masalalarga daxldor boshqarma va idoralar rahbarlari, Oliy Majlis Senati mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Abdullayev ishtirok etdi.

➡️Kun tartibiga muvofiq, dastlab Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi “Ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.b R.Kurbonov hisobot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 oyi davomida viloyatdagi 1030 ta ta’lim muassasasida nazorat tadbirlari o‘tkazilib, qonunbuzilish holatlari aniqlangan 474 ta muassasa mas’ullariga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan, 21 ta muassasa faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan 59 nafar xodim ishdan chetlashtirilgan. Shu bilan birga, ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida hojatxonalarning ta’mirtalab holatda ekanligi, qo‘l yuvish uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi, dezinfeksiya ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etilgan. Buning oqibatida yilning birinchi choragida viloyatda bolalar o‘rtasida virusli gepatitning “A” turi kasalligi va parazitar kasalliklari o‘sish holati kuzatilgan.
Sog‘liqni saqlash muassasalarida 332 ta davlat sanitariya tekshiruvlari o‘tkazilib, sanitariya talablariga rioya etilmagan 20 ta davolash-profilaktika muassasasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 15 ta muassasa rahbarlariga taqdimnomalar kiritilgan hamda 194 nafar mas’ul xodimga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan.
Deputatlar hisobot yuzasidan savol va takliflarini bildirdi. Gap inson salomatligi bilan bog‘liq ekan, bu borada tizimli nazorat va monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladilar.

✍️Shundan so‘ng:
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish,
- Kattaqo‘rg‘on tumani Melixo‘ja mahallasi hududida “Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat zonasi” tashkil etish,
- viloyatda festivallar, tomosha-konsert va yirik ommaviy tadbirlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi va Kengash vakolatiga tegishli boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, qarorlar qabul qilindi.

📌Sessiyada Oliy Majlis Senati a’zosi B.Abdullayev kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlarning faol ishtiroki muhimligini ta’kidladi, shuningdek, mutasaddilar axborot va hisobotlari yuzasidan qabul qilingan Kengash qarorlarini ijrosini ta’minlashda samarali nazorat o‘rnatish zarurligini qayd etdi.

Slide 1 of 10