Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
#162_ta_qonun 📌 Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Soliyeva Vasila Ismailovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni hamda mazkur sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan tumandagi 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog xodimlar faoliyati, tarbiyalanuvchilarning qamrovi hamda qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi holatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔹 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4