Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

📆 «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 339-moddasiga muvofiq, 2026-yil 24–27-iyun kunlari Qonunchilik palatasi deputatlarining o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlari va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish ishlari tashkil etilmoqda.

🇺🇿 Shu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Uchtepa tumanidagi Birlik mahallasida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, xususiy sektor bilan hamkorlikda fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish amaliyoti ijobiy baholandi. Jumladan, mahalla tavsiyasi asosida 5 nafar fuqaroning Korzinka savdo tarmog‘iga ishga joylashtirilgani aholi bandligini ta’minlash borasidagi samarali hamkorlik namunasi sifatida e’tirof etildi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ–642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan ham fikr almashildi. Qonunda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

📇 O‘rganish yakunida mahallada aholi bandligini yanada oshirish, fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5