Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Jamshid Raximqulov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda Gulzor va Qorasuv mahallalari aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar hamda suv yetib bormayotgani masalasi ko‘tarilgan edi.

Deputatlik so‘rovi tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar aniqlanib, quvurlardagi muammolar bartaraf etildi hamda zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida Gulzor va Qorasuv mahallalari aholisining ichimlik suvi ta’minoti tiklanib, murojaatda ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1