Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasidan 21-Sharof Rashidov saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Ra'no Fozilova tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq tumandagi Markaziy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, tibbiyot muassasasida mavjud ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.