Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI

Bugun Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi ZOOM platformasi orqali masofaviy shaklda o‘tkazildi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son hamda 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmonlari ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

⏺Konimex tumani soliq inspeksiyasining 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida.

⏺Konimex tumanida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.

⏺Deputatlik so‘rovlari samaradorligini tahlili va natijalarini muhokama qilish to‘g‘risida.

⏺Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi VII-6-29-5-70-K/25-sonli qarorining 2-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi, deputatlar tomonidan muhokamalar olib borildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

📹  Sessiya ishi tuman hokimligining You tube tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn yoritib borildi:

📱 https://www.youtube.com/live/yJvI7ORQRP4?si=XIu5vVcKsyeJAO_n

Slide 1 of 4