Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Mahallalardagi muammolar va ustuvor vazifalar deputat ishtirokida muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahallalardagi muammolar va ustuvor vazifalar deputat ishtirokida muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev 22-Bog‘obod saylov okrugi hududidagi mahalla raislari hamda mahalla faollari bilan ochiq muloqot va uchrashuv o‘tkazdi.

📝 Uchrashuv davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmat sifati, kommunal xizmatlar, yo‘l va infratuzilma holati hamda hududlarni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahallalarda sport maydonchalari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ichki yo‘llarning holati, ko‘chalarni yoritish, jamoat transporti qatnovi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, boshqaruv kompaniyalari faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi.

💬 Ochiq muloqot jarayonida mahalla raislari va faollar tomonidan hududdagi dolzarb muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etishga qaratilgan takliflar bildirildi. Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda zarur hollarda deputatlik nazorati va deputatlik so‘rovlari orqali yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

🔎 Uchrashuv yakunida mahallalarda aholi farovonligini oshirish, hududlarni yanada obod va qulay maskanga aylantirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish borasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Deputat Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha tegishli ishlar tashkil etilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 2