Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Kurbanova Shoxzoda Nashpanovna tomonidan “Alpomish” MFY da saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, kommunal tizimning barqaror ishlashi hamda keksa nuroniylar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.
Fuqarolar mahalla idorasi yonidagi bog‘ maskanida yozgi mavsumda bolalar va o‘zlarining dam olishlari uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, xususan, dam olish o‘rindiqlari hamda salqinroq bo‘lishi uchun suv purkagichlarini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Bildirilgan takliflar inobatga olinib, muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hal etish choralari belgilandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Sh.Kurbanova ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini yuritish hamda mahalladagi yoshlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.