Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
"Eski shahar" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Talabalar shaharchasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
“Chamanbog‘” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 21-sessiyasi to‘g‘risida axborot

 2026-yil 5-iyun kuni Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Sessiya ishini Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi raisi Alisher Yo‘ldashev ochib berdi va olib bordi. Majlis O‘zbekiston Respublikasi
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari sadolari ostida boshlandi. Sessiya kotibligiga “8-O‘rta qal’a” saylov okrugidan deputat Fotima Eshimbetova nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
 

Sessiya kun tartibiga kiritilgan birinchi masala bo‘yicha tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha
birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Yusupov o‘z faoliyati hamda tuman mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida hisobot berdi.
 

Hisobotda qayd etilishicha, 2026 yilning yanvar–may oylarida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi
ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Natijada 2026 yilning yanvar–aprel oylarida tumanda sanoat mahsulotlari hajmi 662,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 102,8 foizga yetdi, xizmatlar hajmi 375,1 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur’ati 118,7 foizni tashkil etdi. Shuningdek, qurilish-pudrat ishlari hajmi 140,7 mlrd so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 109,2 foizni tashkil qildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi esa 317,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 101 foizga yetdi.
 

Sessiyaning kun tartibidagi navbatdagi masala, ya’ni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosarining faoliyati yuzasidan hisobotni hokimlik bosh mutaxassisi Ixtiyor Odilov o‘qib eshittirdi.
 

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil yakuni bo‘yicha tumandagi 14–30 yosh oralig‘idagi 53 ming 369 nafar yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, “Yoshlar balansi” shakllantirilgan. Natijalarga ko‘ra, ularning 37 ming 435 nafari “yashil”, 15 ming 550 nafari “sariq” hamda 384 nafari “qizil” toifaga kiritilgan. “Yoshlar
balansi” asosida aniqlangan 546 nafar ishsiz yoshlar “og‘ir” toifaga kiritilib, ularga 29 nafar tashkilot rahbarlari biriktirilgan. Joriy yilning o‘tgan besh oyida ushbu toifadagi yoshlarning 356 nafari yoki 65,2 foizining bandligi ta’minlangan.
 

Shuningdek, hisobot davrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 nafar yoshdan 28 nafarining to‘lov-kontrakt mablag‘lari hamda 2 nafarining ilm-fan
yo‘nalishidagi o‘quv kurslari xarajatlari qoplab berilgan.
 

Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Hamza Xayitimbetovning ham hisoboti tinglandi. 

Hisobotda ta’kidlanganidek, tumanda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
 

2026 yilda umumiy qiymati 545 mlrd so‘mlik 26 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ular doirasida 1 ming 115 ta
yangi ish o‘rni yaratish hamda 26,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hisobot davrida umumiy qiymati 12,8 mlrd so‘mlik 6 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, natijada 56 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
 

Sessiyada ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlarining suv xo‘jaligi sohasidagi ishlari holati yuzasidan ham axborot tinglandi. Mazkur masala bo‘yicha “Qoraqalpoq suv ta’minoti” MChJ Amudaryo tumani filiali boshlig‘i Nariman Sabirov hisobot berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi qaroriga muvofiq Jumurtov shaharchasi hududida 7,1 kilometr
uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i qurilib, mahalladagi 174 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, Prezidentning 2019 yil 9 apreldagi qarori asosida Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobidan tumanning ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, Mang‘it suv tozalash inshootini yangidan qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.
 

“Amudaryo tumanining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash” loyihasi doirasida qiymati 29,03 mln AQSh dollari miqdorida tuzilgan shartnoma asosida
3 ta ichimlik suvi ob’ekti hamda 300 kilometrdan ortiq ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
 

Bundan tashqari, qiymati 12,98 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan “Mang‘it” suv tozalash inshootida ham qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Mazkur loyihalar yakunida tumandagi iste’molchilarni markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 80 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.
 

Shundan so‘ng Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi
Madamin Kazakovning axboroti tinglandi.
 

Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning o‘tgan besh oyida komissiya tomonidan 11 ta yig‘ilish o‘tkazilib, iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasidagi masalalar
bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglangan.
 

Shuningdek, doimiy komissiya tomonidan 27 ta masala dastlabki tartibda ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli xulosalar berilgan hamda qarorlar
qabul qilingan. Mazkur masalalar bo‘yicha ekspert guruhi ishtirokida sessiya qarorlari loyihalari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda sessiya muhokamasiga kiritilgan.

Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 10