Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tomonidan Namuna MFY fuqarolari bilan saylovchilar uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning murojaatlariga yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.