🔷 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Shoira To‘laganova o‘zi saylangan hudud — Tut qishlog‘ida qad rostlagan “Enco Group” zavodida bo‘ldi.
🔵 U yerda zavod ishchilari hamda hudud aholisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, sanoat korxonasi faoliyati yuzasidan ularning fikr va takliflarini o‘rgandi.
🔹 Deputat zavodda yaratilgan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishib, korxona rahbariyati bilan suhbat davomida qishloqdagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan takliflar bildirdi.
🔹 Shuningdek, korxona va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.