Tashrif davomida rektor bolalar bilan dars mashg‘ulotlarida ishtirok etib, ular bilan individual suhbatlar o‘tkazdi. Suhbat jarayonida tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari, intilishlari va kelajakdagi orzu-maqsadlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, bolalar hamda ularning ota-onalariga ezgu tilaklar bildirilib, bayram munosabati bilan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun, “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi 134-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazlarida davolanayotgan bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, 2025-yil 16-aprel kuni Samarqand davlat pedagogika instituti va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qoshidagi “Mehrli maktab” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, ushbu hamkorlik bolalarning ta’lim olishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.