🏛 DEPUTAT XALQ ORASIDA
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova “Boybuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan individual suhbat uchrashuvi o‘tkazdi.
🤝 Deputat xonadonma-xonadon yurib, mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qildi hamda ularning turmush farovonligi, ijtimoiy muammolari va hududdagi mavjud masalalarni o‘rgandi.
💧🚧 Uchrashuv davomida aholi ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan o‘z murojaat va takliflarini bildirdi.
📝 Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
🌿 Bunday muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga yechim topish hamda deputat va saylovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.