O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonov hamda tuman tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Sh.Haydarov bilan birgalikda O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, obodonlashtirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, hududni yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi hamda tegishli vazifalar belgilab olindi.