Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
“Chamanbog‘” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi
янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Olmazor tumanidagi shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi
янв.21
“BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” DONORLIK AKSIYASI BOSHLANDI
янв.21
"Tepaguzar" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
🌟 Olmazor tumanidagi shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi🌟
янв.21
🌟 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin! 🌟
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev Qiziriq tumani budjetdan tashqari pensiya bo‘limida bo‘lib mavjud muammolar va tizim faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev Qiziriq tumani budjetdan tashqari pensiya bo‘limida bo‘lib mavjud muammolar va tizim faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan deputatlik nazorati va joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Qiziriq tumani budjetdan tashqari pensiya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga pensiya va ijtimoiy to‘lovlar tayinlash hamda to‘lash jarayonlari, murojaatlar bilan ishlash holati, xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar ijrosi nazoratga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev

Slide 1 of 3