Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov shahardagi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lishdi.
💬 Deputatlar muassasada davolanayotgan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bolajonlarning holidan xabar olib, ularni bayram bilan samimiy qutladilar.
💬 Tashrif davomida bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi. Bu kabi e’tibor shifoxona muhitida bo‘lgan bolajonlarning kayfiyatini ko‘tarishga va ularning yuzida tabassum uyg‘onishiga xizmat qildi.
💬 "Bolalar bizning kelajagimiz, hayotimiz mazmuni. Har bir bolajonning sog‘lom va baxtli bo‘lishi biz uchun eng ustuvor vazifadir," — deya ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.