Xalq deputati D.Yodgorova Uzun tumanidagi 7-maktab bitiruvchilarini mustaqil hayotga kuzatdi
Bugun, 25-may — yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tayotgan qutlug‘ kunda, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Yodgorova Uzun tumanidagi 7-sonli maktabda tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Deputat o‘zining tashrifi davomida bitiruvchi yoshlar, ularning ota-onalari va fidoyi ustozlar jamoasini ushbu hayajonli va unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etdi.