Mustaqil hayot bo‘sag‘asida: Deputat M.Ma’murjonova bitiruvchilarga oq yo‘l tiladi
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Uzun tumanidagi umumta’lim maktablarida ham 2025/2026-o‘quv yilining yakunlanishi hamda "Qadrdon maktabimga va’dam va qasdim!" shiori ostidagi bitiruv tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday unutilmas va hayajonli tadbirlardan biri tumandagi 4-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi.
Unda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Ma’murjonova ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni, ularning ustozlari va ota-onalarini hayotning yangi, mustaqil bosqichiga qadam qo‘yayotganliklari bilan samimiy muborakbod etdi.