Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” DONORLIK AKSIYASI BOSHLANDI
янв.21
"Tepaguzar" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
🌟 Olmazor tumanidagi shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi🌟
янв.21
🌟 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin! 🌟
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Tibbiyot sohasida yangi bosqich!
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori!”
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
Deputat va nuroniylar uchrashuvi: Qonun ustuvorligi va jamiyat ravnaqi diqqat markazida

Deputat va nuroniylar uchrashuvi: Qonun ustuvorligi va jamiyat ravnaqi diqqat markazida

​Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova tuman Nuroniylar jamg‘armasida nuroniylar, mahalla faollari va faxriylar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.

​Suhbat davomida mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi Prezident qonunlari va farmonlari, shuningdek, Oliy Majlis Senati qarorlarining mazmun-mohiyati, ularning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati keng tushuntirildi.

​Deputat yurtimizdagi islohotlarni xalqqa yetkazishda hayotiy tajribaga ega bo‘lgan nuroniylarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, otaxon va onaxonlar ham tuman rivoji yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi.