Bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi 🥳🎉
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi.
Deputat bolajonlarni bayram bilan samimiy qutlab, ularga shirinliklar va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Shodiyona davomida jajji bolajonlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar va qiziqarli oʻyinlar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Bolalik – beguborlik fasli. Har bir bolaning tabassumi ortida olam-olam quvonch va yurtimizning yorqin kelajagi yashirin. Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz bolajonlar!