🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 1-5-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
✍️✍️✍️ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq iyun oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:
✅ Nazorat tahlil tadbirlari:
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosini nazorat qilish;
✅ Boysun tumani ixtisoslashuvi, geografik joylashuvi va boshqa infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturi asosida Boshrabot va Xo‘jabulg‘on mahallasida olib borilayotgan ishlar nazorati
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida”gi VII-19-10-8-110-K/26-sonli qarori nazorati
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarorining ijrosini nazorat qilish
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 13-sentabrdagi VII-14-91-8-110-K/25-sonli qarorining ijrosini nazorat qilish
✅ Kadastrlar palatasi Boysun tuman filialida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 25-fevraldagi VII-20-17-8-110-K/26-sonli qarorining ijrosini nazorat qilish
✅ Deputat mahallada
✅ Mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda aholi murojaatlarini o‘rganish Avlod, Munchoq va Xo‘jabulg‘on mahallalari misolida
✔️ Asosiy Kengashning vazifalari:
✅ Deputat so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish.
✅ Deputatlar tomonidan saylovchilar oldida axborot berib borish holatini muhokama qilish.
✅ O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va yangi qabul qilingan qonunlarning targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.
✅ Tashkiliy tadbirlari:
🔵 OAVda materiallar chop etish va intervyular berish (iyun oyida ham reja asosida)
🌐🌐🌐 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi