🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati S.Meliyev fuqarolar murojaati asosida “Nurliobod” MFY hududidagi elektr taʼminoti muammolarini o‘rgandi.
🔹O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Jizzax shahar elektr taʼminoti korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda quyidagi choralarni ko‘rish talab etilgan:
▫️“Olimlar” ko‘chasida 10 dona eskirgan elektr ustunini yangilash;
▫️“Baxt” ko‘chasida 4 dona xavfli ustunni almashtirish;
▫️“Olimlar” ko‘chasida yangi tortilgan SIB kabellarini markaziy elektr tizimiga ulash.
🔹Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan to‘liq nazoratga olindi.