Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent xalqaro moliyaviy markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi o‘rin oldi.
Mazkur qonun loyihasi mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xalqaro kapitalni jalb etish hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir davomida deputat kelgusida tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan markaz konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan qonunchilik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!