Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Maqsud Mustafoyev tomonidan 2026-yil 14 may kuni Vobkent tumani yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasiga yoʻllangan 48-ds-284-26-sonli deputat soʻrovi asosida quyidagi muhim masalalarga ijobiy yechim topildi, xususan soʻrovda bildirilgan “Rozmoz” MFYda joylashgan 17-sonli umumtaʼlim maktabiga qatnaydigan oʻquvchilar xavfsiligini taʼminlash maqsadida maktab oldidagi yoʻlga piyodalar oʻtish yoʻlagi (zebra)ni chizib berish va tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatib berish” borasidagi muammo oʻrganilib, korxona ishchilari tomonidan yoʻlga piyodalar oʻtish yoʻlagi (zebra) chizib berildi hamda muammo ijobiy hal qilib berildi.