Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Tibbiyot sohasida yangi bosqich!
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori!”
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

Deputat faoliyati: Amaliy o‘rganish va tahlil

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Omonullayev Mirali o'z saylov okrugidagi "Zevar" mahallasida bo‘lib, 24 ta tavsiya asosida "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🔴Tashrif davomida deputat faoliyati uchun belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududda olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔴Uchrashuvda deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, fuqarolarning taklif va murojaatlarini tingladi hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

🔴Xususan, "Mahalla yettiligi" tomonidan aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi.

🔴Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

🔴Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Bu kabi o‘rganishlar mahalla drayverlarini aniqlash va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2