Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Tibbiyot sohasida yangi bosqich!
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori!”
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”

“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”

Boysun tumani 5-sonli umumta’lim maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!” shiori ostida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbirga Boysun tuman prokurori Begmatova Umida Urunovna qatnashib maktab bitiruvchilarini tabriklab ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoev tabrigini o‘qib eshittirdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sharipov Normaxmat Saidovich maktab bitiruvchilarini mustaqil hayotidagi ilk qadamlari bilan tabriklab ularga omadlar tilab, Yangi O‘zbekistonning rivojlanishi hamda yoshlar uchun mo‘htaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan qaror va farmonlar haqida gapirib berdi.

Tadbir so'ngida yil davomida fan, sport va turli tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli o‘quvchilar hamda fidoyi o‘qituvchilar munosib e’tirof etildi. Maktab sahnasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Slide 1 of 5